Kinokarvonning ilk uchrashuvi Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 71186-harbiy qismda bo'lib o'tdi.

Unda kinoijodkorlar bilan davra suhbati tashkil etilib, so'ng Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ko’zgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Ilhom Muhammadibrohimovning “Maktab–hayotim” badiiy fil`mi namoyish etildi. Namoyishdan so'ng harbiylar ushbu fil`mning g'oyasi va unda yaratilgan obrazlar haqida qizg'in muhokama yuritdilar.