“Qish oxirida Antarktidada kuzatuvlar tarixida rekord darajada muz qoplamining pasaygani kuzatildi. Arktikada joriy yil 40 yillik kuzatuvlar tarixida yozgi minimumlar reytingida 4-o'rinni egallaydi”, deyiladi hisobotda.
Shimoliy yarim sharda kuz, janubiy yarimsharda esa bahor boshlandi. Bu shuni anglatadiki, hozirda Antarktidada muz qoplamining maksimal rivojlanish davri, Arktikada esa aksincha, muzning maksimal erishi davri davom etmoqda.
Institut olimlarining ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil qish mavsumida Antarktida muz qoplamining maydoni nihoyatda kichik bo'lib, 19,04 million kvadrat kilometrni tashkil etgan. Bu kuzatuvning barcha yillari uchun rekord darajada past bo'lib, odatdagidan 1,4 million kvadrat kilometr yoki 7,5 foizga kam, deb xabar beradi ria.ru.