Zero, faqatgina shifokor sizga antibiotiklarni qabul qilish kerakmi yoki yoʻqligi boʻyicha tavsiya bera oladi.
Hech qachon shifokoringizdan antibiotiklar yozib berishini soʻramang, deydi Elvira Svechnikova.
Agar Siz talab qilsangiz, baʼzi shifokorlar sizga maxsus koʻrsatmalarsiz mikroblarga qarshi vositalarini ham buyurishi mumkin. Shuningdek, siz dorixonada biror dori vositasini xarid qilayotganingizda farmatsevt sizga shunga oʻxshash boshqa dori vositasini tavsiya qilishi mumkin. Bu holatda Siz shifokor bilan dori preparatni almashtirish boʻyicha kelishishingiz yoki shifokor tomonidan belgilangan dozani buzmaslik uchun farmatsevtdan tarkibi va faol moddasi boʻyicha maʼlumotlarni aniqlashtirishingiz zarur boʻladi.
Davolash samarali boʻlishi uchun antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlash uchun bakterial sinama topshiring!
Dozani toʻgʻri qabul qilinishiga har doim etibor qarating!
Dori preparatining dozasini kamaytirish barcha patogen bakteriyalar oʻlmasligiga olib kelishi mumkin.
Dori preparatni qabul qilish vaqtiga qatiy rioya qiling!
Dori preparatning qondagi konsentratsiyasini bir meʼyorda ushlab antibiotikni aniq vaqtda qabul qilish kerak. Misol uchun, agar Sizga kuniga dori preparatni bir marta ichish buyurilgan boʻlsa, keyingi dozani 24 soat oʻtgach qabul qilish kerak. Agar kuniga 2-marta boʻlsa – har 12 soatdan keyin qabul qilinadi.
Antibiotik qabul qilgandan soʻng ahvolingiz yaxshilansa ham, uni qabul qilishni toʻxtatmang!
Yuqorida aytib oʻtilgandek, ahvolingiz yaxshilanishi bu sogʻayganligingizni bildirmaydi. Ehtimol, infeksiya zaiflashgan, ammo butunlay yoʻqolmagan boʻlishi mumkin.
Tabletka shakldagi dori preparatlarini suv bilan iching va koʻp miqdorda suyuqlik qabul qiling!
Antibiotiklarni sut, sut mahsulotlari, choy, qahva va sharbatlar bilan ichish tavsiya etilmaydi. Infeksiyani tanadan tezda chiqib ketishi uchun koʻp miqdorda suv ichish tavsiya qilinadi.
Davolanish samara bermayotganini sezsangiz, belgilangan qabul sanasidan oldin shifokoringizga murojaat qiling.
Agar antibiotik qabul qilganingizdan soʻng toʻrt kun ichida ahvolingiz yaxshilanmasa, shifokoringiz bilan maslahatlashing. Shifokor dozani oʻzgartirishi yoki boshqa dori preparatini buyurishi mumkin.
Qabul qilingan antibiotiklar xaqidagi maʼlumotlarni yozib yuring.
Avvallari qanday dori vositalarini qancha dozada va qanday kasalliklarni davolashda qabul qilganingizni, qabul qilganingizda (agar) nojoʻya taʼsir kuzatilgan boʻlsa bu boʻyicha maʼlumotlarni albatta yozib boring.
Antibiotiklarning yaroqlilik muddatini tekshirishni unutmang.
Yaroqlilik muddati oʻtgan dori preparatlarini aslo qabul qilmang.
Dori vositalarni qoʻllash chogʻida uning nojoʻya taʼsir holatiga duch kelsangiz, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markaziga murojaat qiling.