Ham yurtimiz uzunlikka sakrash bahslarida 8,29 metr natija qayd etib, Oʻzbekistonning yangi milliy rekordini oʻrnatdi. Avvalgi rekord ham Anvar Anvarovga tegishli boʻlib, u oʻtgan yili Finlyandiyadagi musobaqada 8,25 metrga sakragan edi.

Musobaqa yakuniga koʻra:

  • Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) — 8,29 metr;
  • Luka Boshkovich (Serbiya) — 8,23 metr;
  • Tadjey Geyl (Yamayka) — 8,18 metr.

Shu tariqa, Anvar Anvarov nafaqat xalqaro turnir gʻolibligini qoʻlga kiritdi, balki shaxsiy va milliy rekordini ham yangiladi.