Hukumatning 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning” maʼmuriy reglamenti 5-bandiga asosan, apostil:

  • chet elda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
  • tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʻgʻridan toʻgʻri aloqador boʻlgan rasmiy hujjatlarga;
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qoʻyilmaydi.

Maʼlumot uchun: Apostil bu — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konvensiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qoʻyiladigan maxsus shtampdir.