Bu haqda kompaniyaning moliyaviy direktori Luka Maestri, maʼlum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.kz.
Unga koʻra, 2020-yilda iPhone 12 odatdagidan koʻra “bir necha hafta oʻtgach” taqdim etiladi. Tadbirning taxminiy sanalari oktyabr oyida rejalashtirilgan. Shuningdek, Apple 2020-yilning uchinchi choragida 59,7 milliard dollarni tashkil etgan daromadini oshkor qildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga koʻpdir.
Avvalroq OAV Apple kompaniyasi yil oxiriga qadar toʻqqizta yangi iPhone modelini chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Apple uchun prognozlarga ixtisoslashgan taniqli tahlilchi Ming-Chi Kuo fikricha, yangi iPhone 2020 standart toʻplamida quloqchin va quvvatlagich boʻlmaydi.