Devays bozordagi mavjud MacBook Prodan ko'p ham farqlanmaydi. Noutbuk ikki qismli korpus, displey, klaviatura va tapchaddan iborat bo'ladi. Biroq ekran sensorli qatlamga ega bo'ladi.
Apple ilk sensorli kompyuterini ishlab chiqarishdan avval operatsion tizimni moslashtirishi talab etiladi. Ayni paytda macOS sichqoncha va kursorga moslashtirildi. Kompyuter operatsion tizimida interfeysning yanada yirik elementlari paydo bo'lishi mumkin.