Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtobus ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning aprel oyida 118 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

2021-yilning yanvar-aprel oylarida jami 265 dona avtobus ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37,5 foizga kamaygan.

Ishlab chiqarilgan avtobuslar soni:

2019-yil yanvar-aprel – 593 ta;

2020-yil yanvar-aprel – 424 ta;

2021-yil yanvar-aprel – 265 ta.