Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning aprel oyida 129 dona traktor ishlab chiqarilgan.
2021-yilning yanvar-aprel oylarida jami 173 dona traktor ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 62,1 foizga kamaygan.
Ishlab chiqarilgan traktorlar soni (yanvar-aprel oylarida):
2019-yil - 164 dona;
2020-yil - 456 dona;
2021-yil - 173 dona.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida jami 283 dona kultivator ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43,7 foizga kamaygan.