Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning aprel oyida 377 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2021-yilning yanvar-aprel oylarida jami 1 268 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga oshgan.

Ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni (yanvar-aprel oylarida):

2019-yil - 1719 dona;

2020-yil - 1237 dona;

2021-yil - 1268 dona.