Bu haqda Prezidentning “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga koʻra, bunda:
- dastlabki bosqichda “Aqlli” migratsiya shoxobchalarida belgilangan davlat xizmatlari koʻrsatiladi;
- Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻziga oʻzi koʻrsatiladigan xizmatlar turlari kengaytirib boriladi.
2026-yil 1-maydan Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boshqarmalariga Oʻzbekistonga elektron kirish vizasi asosida kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning elektron vizalari amal qilish muddatini 1 marotaba 30 kungacha uzaytirish huquqi beriladi.
Chet el fuqarolariga Oʻzbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolati Departament va uning hududiy boshqarmalariga ham beriladi.
2026-yil 1-sentyabrdan talabalar yotoqxonasiga joylashish boʻyicha shartnoma tuzish bilan bir vaqtda talabalarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishning kompozit tartibi joriy etiladi.