Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.
Koreyaning “K-Water” korporatsiyasi bilan hamkorlikda koʻp kvartirali uylardagi 8 450 ta xonadonda sinov tariqasida “aqlli” suv hisoblagichlarini oʻrnatish loyihasi amalga oshirilmoqda.
2022-2024-yillarda suv inshootlari, magistral va koʻcha boshidagi tarmoqlariga jami 15 579 ta suv hisoblagichini oʻrnatish rejalashtirilgan.