Bu haqda axios.com sayti ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham mazkur kelishuvni tasdiqlab, ushbu davrda Hurmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz harakat ta’minlanishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu jarayon Eron qurolli kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, kelishuvga ko‘ra, AQSh tomonidan ehtimoliy harbiy zarbalar to‘xtatiladi, Eron esa strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozini ochiq saqlash majburiyatini oladi. Ikki haftalik muddat davomida tomonlar keng qamrovli tinchlik kelishuvini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Manbalarga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar juma kuni Islomobod shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. AQSh delegatsiyasiga vitse-prezident JD Vens rahbarlik qilishi mumkin.

AQSh mudofaa idorasi vakili o‘t ochishni to‘xtatish allaqachon kuchga kirganini va barcha harbiy harakatlar to‘xtatilganini bildirdi. Shu bilan birga, buyruqlarning barcha harbiy bo‘linmalarga etkazilishi ma’lum vaqt olishi mumkinligi qayd etildi.

Xabarlarga ko‘ra, kelishuv e’lon qilinganidan keyin ham ayrim hududlarda, jumladan, Isroil va Fors ko‘rfazi davlatlari tomon raketa hujumlari qayd etilgan. Shu bilan birga, Isroil ham o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani aytilmoqda.

Shahboz Sharif bildirishicha, kelishuv Livvandagi holatga ham tatbiq etilishi mumkin. Biroq Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyahu buni inkor etgan holda, faqat Eron bilan bog‘liq kelishuvga amal qilishini ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yangilik moliya bozorlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan: aksiyalar о‘sgan, neft narxlari esa pasaygan.

Tomonlar bildirishicha, ushbu ikki haftalik tanaffus uzoқ muddatli tinchlik kelishuvini ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratadi.