баннер
22 Mar 2025
01:33

    AQSh bilan iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi

    Joriy yil 19-martda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida AQSh Kongressi Vakillar palatasining Gʻarbiy Virjiniya shtatidan aʼzosi Kerol Miller bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari muhokama etildi. Amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar, turli sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratilyapti.

    AQSh bilan iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish muhimligi taʼkidlanib, sanoat, foydali qazilmalar, investitsiyalar va savdo kabi muhim sohalarda sheriklikni rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

    Kerol Miller, oʻz navbatida, Oʻzbekistonning yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakatning iqtisodiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida muloqotni davom ettirish va hamkorlikni faollashtirishga tayyorliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech