AQSH elchisi bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Xalqaro hamkorlik 13 Iyul 2023 1480

    Markaziy bankda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    J.Xenik erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy rivojlanish uchun mustaqil va kuchli markaziy banklarning ahamiyati yuqori ekanligini taʼkidladi.

    Mehmonlarga komplayens nazorat, sanksiyaviy xatarlarning oldini olish va moliyaviy monitoringga doir soʻnggi yillarda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda Markaziy bankning roli va uning oldiga qoʻyilgan maqsadlarga toʻxtalib oʻtildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

    AQSH elchisi iqtisodiy rivojlanish borasidagi islohotlarni va amalga oshirilayotgan ishlarni qoʻllab-quvvatlashini qayd etib, AQSH elchixonasi bu borada koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.