Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, fan, ta'lim va madaniyat sohalarida, shuningdek, hududlararo hamkorlik rivojiga ham xizmat qilayotgani alohida ta'kidlandi.
— Toshkent shahridan so'ng Qarshi shahrida "Amerika burchagi"ning ochilishi O'zbekiston hukumati ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish orqali erishmoqchi bo'lgan jarayonga katta hurmat bilan qarashimni anglatadi, — dedi AQSH elchisi.
Tomonlar ishlab chiqarish, turizmni rivojlantirish va madaniy meros ob'ektlarini kelajak avlodga saqlab olish masalalarida ham fikr almashishdi.
Elchining viloyatga tashrifi davom etmoqda.