“Eron hukumati kemani va uning ekipajini zudlik bilan qo'yib yuborishi kerak”, dedi u.

Davlat departamenti vakilining so'zlariga ko'ra, bu tijorat kemasini noqonuniy olib qo'yishdir. Tehron tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan bunday harakatlar xalqaro savdoni buzishga qaratilgan, deya qo'shimcha qildi u.

Avvalroq harbiy kiyimdagi erkaklar chiqib olgan St. Nikolas tankeri payshanba kuni Ummon qirg'oqlari yaqinida yo'nalishini o'zgartirib, Eronga yo'l olgan. Keyinroq Eron harbiy-dengiz kuchlari qo'mondonligi kema qo'lga olinganini tasdiqladi.

Gretsiyaning Empire Navigation yuk tashish kompaniyasiga tegishli tanker Iroq neftini olib ketayotgan bo'lib, Basradan (Iroq) Suvaysh kanali orqali Turkiyaga yo'l olgan. Kema Turkiyaning Tupras kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan. Shunga qaramay, eron tomoni tankerni “amerikaniki” deb hisoblaydi.

Tanker avvalroq Suez Rajan deb atalgan. AQShga ko'ra, u Eron neftini AQSh sanksiyalarini buzgan holda tashigan. AQSh Adliya vazirligi va kompaniya egasi o'rtasidagi kelishmovchilik 2023-yilda musodara qilingan 1 million barrel Eron neftini AQShga jo'natish yo'li bilan hal qilingan, deb xabar beradi korrespondent.net.