Bu haqda Pentagon bayonotida aytiladi.
“Yaqinda Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh koinot kuchlari bazasidan yadroviy bo'lmagan gipertovushli raketaning kompleks parvoz sinovi muvaffaqiyatli o'tkazildi”, deyiladi xabarda.
Uning uchirilishi aynan qachon amalga oshirilgani noma'lum.
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kotibi Karlos del Toro Floridadagi raketa uchirilishini “Vashingtonda mavjud bo'lgan eng ilg'or qurol tizimlaridan birini yaratishdagi muhim bosqich” deb atadi.
Dark Eagle majmuasi Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Taxminlarga ko'ra, raketa soatiga 6 000 kilometrdan yuqori tezlikka erisha oladi, uning loyiha masofasi esa 2 775 kilometrdan oshadi, deb xabar beradi report.az.