Hukumatni moliyalashtirishga qaratilgan ikkita qonun loyihasi senatorlar tomonidan ko'rib chiqildi. Respublikachilar va demokratlar tomonidan taklif qilingan hujjatlar zarur 60 ovozni to'play olmadi, garchi ulardan biri Vakillar palatasi tomonidan ma'qullangan bo'lsa ham. Kelishmovchiliklarning asosiy manbai amerikaliklar uchun sog'liqni saqlash loyihasi bo'ldi: demokratlar yil oxirida tugaydigan uning amal qilish muddatini uzaytirmoqchi.

Hukumat faoliyati to'xtatilgan vaqtda aksariyat davlat xizmatchilari ishdan bo'shatiladi. Ishi muhim deb topilganlar (jumladan, harbiylar, tibbiyot xodimlari, chegarachilar va transport xodimlari) maoshsiz ishlaydi.

AQShda oxirgi marta hukumat faoliyatining to'xtatilishi Donald Tramp prezidentligi davrida yuz bergan edi. Shundan so'ng AQSh hukumati 35 kunga (2018-yil 22-dekabrdan 2019-yil 25-yanvariga qadar) o'z faoliyatini to'xtatgan va bu mamlakat tarixida eng uzoq muddat davom etgan. Shu hafta Tramp hukumat faoliyatining to'xtatilishining oldini olish mumkinligini aytgan edi, deb xabar berdi kommersant.ru.