- Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Oqdaryo tumanida yashovchi, 1992-y.t. shaxs tanishlari orqali Tayloq tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroni “Oʻzbekiston – Ispaniya – Meksika – AQSH” yoʻnalishida Qoʻshma Shtatlarga yuborish evaziga 44 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 40 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
- DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1995-y.t. shaxs Gʻallaorol tumanida istiqomat qiluvchi, 1990-y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Kanada davlatiga ishga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 7,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
- Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari mansabdor tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Polsha davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 5100 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
- DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Boysun tumanida yashovchi, 1998-y.t. shaxs Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi, 1983-y.t. fuqaroni tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Kanada davlatiga ishga yuborish evaziga 138 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.