Bu haqda Cubadebate xabar berdi.

25-fevral kuni ertalab Kuba hududiy suvlarida tezyurar qayiq paydo bo'lgani haqida xabar berildi.

“Qoidabuzar katerdagilar Kuba harbiy xizmatchilariga qarata o't ochdi, oqibatda Kuba kateri komandiri yaralandi”, deyiladi xabarda.

Javob otishmasida to'rt kishi o'ldirildi va olti kishi yaralandi. Yaradorlar evakuatsiya qilindi va tibbiy yordam olishdi.

Qoidabuzar kema Kuba Ichki ishlar vazirligi chegara qo'shinlarining besh kishidan iborat bo'linmasi tomonidan ushladi.

AQSh bayrog'i ostidagi kater ekipajining maqsadi hali noma'lum. Tergov olib borilmoqda, deb xabar berdi russian.rt.com.