Kompaniya 2026-yilda Oy yuzasiga regolit namunalarini olib, so'ngra ulardan geliy-3 ni ajratib olishga harakat qiladigan ko'rgazmali transport vositasini yetkazishni rejalashtirmoqda. 2028-yilda Interlune Yerning tabiiy yo'ldoshida birinchi resurs qazib olish zavodini qurish niyatida. 2030-yilda kompaniya geliy-3 ni Yerga yetkazishni boshlashni rejalashtirmoqda.
Nashrning yozishicha, Oy yuzasining yuqori qatlamlarida million tonnaga yaqin geliy-3 bor, bu resursning bir grammini ishlab chiqarish esa, ehtimol, yuzlab tonna regolitni qayta ishlashni talab qiladi. Bir litr geliy-3 minglab dollarga baholanadi, izotop o'ta o'tkazuvchan kvant kompyuterlarida, tibbiy tadqiqotlarda va termoyadroviy reaktorlarda qo'llanilishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.