Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, bir guruh noqonuniy muhojirlar chegarani kesib o'tishga uringan, biroq AQSh chegara xizmati xodimlari o'q uzib, ularni to'xtatgan. Otishma oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Otishma AQSh va Meksika chegarasida, Rio-Grande daryosidagi Fronton oroli yaqinida sodir bo'ldi. Fox Newsning qayd etishicha, Fronton u yerdagi jinoiy faoliyat tufayli “Kartel oroli” deb ham ataladi. Telekanal ta'kidlaganidek, chegarachilar bilan otishmaga kirgan muhojirlar narkokartel` a'zolari bo'lishi mumkin.
AQSh Prezidenti Donald Tramp 20-yanvar kuni lavozimga kirishgach, mamlakat janubiy chegarasida favqulodda holat e'lon qildi. Bu Pentagonga chegaraga nafaqat qo'shimcha askar yuborish, balki Trampning birinchi prezidentlik davrida boshlangan devor qurilishini yakunlash imkonini beradi.
23-yanvar kuni yangi Prezident janubiy chegara orqali mamlakatga noqonuniy muhojirlarning o'tishini to'xtatish to'g'risidagi farmonni imzoladi va AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat departamentiga mamlakat janubiy chegarasi orqali kiradigan noqonuniy muhojirlarni olib chiqish uchun barcha choralarni ko'rishni topshirdi, deb xabar beradi rbc.ru.
Keyinroq The Washington Post va The Wall Street Journal manbalari AQSh hukumati Trampning migrantlar, giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchilar va kontrabandachilarga qarshi kurash rejasi doirasida Meksika chegarasiga minglab askarlarini yuborishga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi.