Laboratoriya uskunalari va 100 mingta test o'tkazish uchun zarur bo'lgan reagentlardan iborat ushbu materiallar mamlakatimizning “COVID-19”ni aniqlash uchun xavfsiz va tezkor sinov o'tkazish salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.
– “COVID-19” nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda odamlarning kundalik hayoti va yashash tarziga tahdid solmoqda. Ushbu virus hech kimni cheklab o'tmadi. Bu kurashda biz barchamiz birgamiz, – dedi AQShning mamlakatimizdagi elchixonasi vakili Aleksis Sallivan.

– AQSh hukumati o'zbekistonlik hamkorlari bilan mamlakatda aholi salomatligi va faravonligini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlash uchun yaqindan ko'maklashish tamoyiliga sodiq qoladi.
Mazkur yordam AQShning O'zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda ko'rsatayotgan yordamining bir qismidir. SHu kungacha AQSh hukumati mamlakatimizga pandemiyaga qarshi kurashishda yordam berish uchun 8,8 million AQSh dollari ajratdi. Sentyabr` oyida USAID O'zbekistonga 200 ta sun'iy nafas berish apparatini taqdim etgan edi. Tashkilot O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi va boshqa hamkorlar bilan ushbu moslamalarni mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalariga tarqatishda yaqindan yordam berdi.