“Yuragim ogʻrib, shuni maʼlum qilamanki, Robert bugun tunda tinchgina jon berdi. Ukam men uchun nafaqat jigar, balki yaqin doʻst ham edi. Hammamiz uni juda sogʻinamiz va yana uchrashishdan umidvormiz. Marhumning xotirasi doimo qalbimda. Robert, men seni yaxshi koʻraman. Joyingda tinch yot”, — deyiladi Amerika yetakchisining bayonotida.
Robert Tramp 14-avgust kuni ogʻir ahvolda Nyu-Yorkdagi shifoxonaga yotqizilgan edi. AQSH prezidenti oʻsha kuniyoq ukasini koʻrishga bordi.
Keyingi paytlari mamlakat OAV Robert Tramp nomini oilaning jiyani Meri Trampga nisbatan daʼvo bilan bogʻliq xabarlarda tez-tez tilga ola boshlagandi. Robert Oq uy rahbari haqidagi asarning chop etilishini toʻxtatishga urindi. Oʻsha kitobda Meri 1981-yil Donald oiladagi uchinchi oʻgʻil, yaʼni otasi Fredning dafn marosimiga kelmaganini yozgan.