Fevral oyida Yamanning “Ansor Alloh” harakatining husiy isyonchilari hujumidan so'ng Qizil dengizda cho'kib ketgan Buyuk Britaniyaning “Rubymar” yuk kemasi kimyoviy tarkibi ammoniy fosfat va sulfatni o'z ichiga olgan 21 ming tonnaga yaqin o'g'it olib ketayotgan edi. Bu haqda shanba kuni AQSh Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) bayonot berdi.
Shanba kuni Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati “Rubymar” yuk kemasi Qizil dengizda cho'kib ketganini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.