Bu haqda AQSh Moliya departamenti e’lon qildi.

“2026-yil 12-mart holatiga ko‘ra kemalarga yuklangan Rossiyada ishlab chiqarilgan xom neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish va sotishga ruxsat beruvchi 134-sonli umumiy litsenziya”, deb yozilgan hujjatda.

Litsenziya 12-martdan 12-aprelgacha amal qiladi, deb xabar berdi report.az.

O‘z navbatida, FQsh G‘aznachilik kotibi Skott Bessent savdo ruxsatnomasi faqat “allaqachon tranzitda” bo‘lgan neftga tegishli ekanligini ta’kidladi. Litsenziyaning maqsadi mavjud yoqilg‘i ta’minotining global miqyosini kengaytirishdir. “Bu tor maqsadli, qisqa muddatli chora Rossiya hukumatiga sezilarli moliyaviy foyda keltirmaydi”, deb qo‘shimcha qildi Bessent X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ta’kidlash joizki, avvalroq, 5-mart kuni AQSh Hindistonga allaqachon tankerlarga yuklangan Rossiya neftini sotib olish uchun 30 kunlik litsenziya bergan edi.