Bu haqda AQSh Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

AQSH Yaqin Sharqda keskinlik kuchayib borayotgani fonida, jumladan, HAMAS siyosiy byurosining sobiq rahbari Ismoil Haniyaning o'ldirilishiga javoban eronning Isroilga hujum qilishi ehtimolini hisobga olib, qurolli kuchlarida o'zgartishlar kiritishini e'lon qildi, deb xabar beradi ria.ru.

Pentagon mintaqaga yangi aviatashuvchi zarbalar guruhi yuborilishi va qo'shimcha raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlari joylashtirilishi haqida xabar berdi.

“USS Abraham Lincoln F-35C va F/A-18 Block III qiruvchi samolyotlari bilan AQSh Markaziy qo'mondonligi mas'uliyatli hududiga kirdi”, deyiladi qo'mondonlik bayonotida.