Jumladan:
Markaziy Amerika turizm agentligi (CATA)ning marketing va reklama koordinatori Karina Kanto bilan uchrashuv tashkil etilib, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini CATA imkoniyatlaridan foydalangan holda AQSh va Lotin Amerikasi davlatlarida keng targʻib etish, xabardorligini oshirish boʻyicha hamkorlik qilish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
“CAMACOL” Turizm qoʻmitasi (AQSh Lotin savdo palatasi) Prezidenti Xose Djo Chi hamda Bosh direktori va raisi Xayme Roxas bilan uchrashuvda Oʻzbekiston turoperatorlari va CAMACOL aʼzolari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, AQSh va Lotin Amerikasidagi yetakchi ispan OAV vakillari va sayohat blogerlari uchun Oʻzbekistonga tanishuv sayohatlarini tashkil etish hamda CAMACOL aʼzolari orasida yillik uchrashuvlar, konferensiyalar, forumlar oʻtkazish uchun yagona MICE manzili sifatida tanitishda hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.
“Kotus Wellness” kompaniyasi asoschisi va direktori Dovile Kaspariyene bilan uchrashuv doirasida barqaror yashil turizmni rivojlantirish, “Kotus Wellness” rasmiy sahifasi va ijtimoiy tarmoqlarida Oʻzbekiston nufuzini ilgari surish va “yashil” turistik marshrutlar ishlab chiqish orqali sayyohlar oqimini koʻpaytirish masalalari muhokama etildi.
Global Child “Travel & Purpose” marketing boʻyicha direktori Manuyel Klemente bilan Oʻzbekistonning turizm salohiyati, madaniy merosi, gastronomiyasi va hayoti haqida seriallar tasvirga olish, AQSh va boshqa mamlakatlarning yirik platformalarida Oʻzbekiston haqidagi videoroliklarni efirga uzatishda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
“INK Global” kompaniyasi Strategik media hamkorlik boʻyicha direktori Andres Morales bilan uchrashuvda Oʻzbekiston turizm salohiyatini “INK Global” platformalarida maqsadli va raqamli targʻib etish, sifatli kontentlar ishlab chiqish orqali AQSH va Lotin Amerikasi sayyohlarini respublikaga jalb etishda hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama etildi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston mazkur “WTE-Miami” koʻrgazmasida ilk bor ishtirok etishi orqali yuzlab tashrif buyuruvchilarni oʻziga jalb etdi va mutaxassislarning fikriga koʻra eng jozibali va dinamik pavilyon deb topildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.