Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda fuqaro R.K. fuqaro L.K. ni 19 000 AQSH dollari evaziga Turkiya va Meksika orqali AQSHga olib oʻtib, ishga joylashtirishini aytib, oldindan 6 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro U.E. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Turkiya orqali Shvetsiyaga ishga yuborishini vaʼda qilib, jami 14 300 AQSH dollarini qoʻlga kiritgani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan JKning 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Migratsiya agentligi fuqarolardan xorijga ishga joʻnatish Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanishi eslatib oʻtdi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan litsenziyasi boʻlgan XBAlar.