Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar A.B. va M.B. o‘zlarini go‘yoki “Vatanparvar” MFY hududidagi 29-sonli uyning boshqaruv organi rahbari sifatida ko‘rsatib, mazkur uydagi xonadonlarda yashovchi fuqarolardan 574,6 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.