AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari uchun 2 million dollar ajratadi

    Xalqaro hamkorlik 26 May 2020 1431

    AQSH hukumati AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) orqali COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyoda mehnat muhojirlarni himoya qilish uchun 2 million dollar ajratadi.

    Ushbu yordam USAID tomonidan moliyalashtirilgan va Winrock International amalga oshirayotgan Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya loyihasi doirasida taqdim etilib, u o'zbekistonlik mehnat muhojirlarini qo'llab-quvvatlashni ham o'z ichiga oladi, deb xabar bermoqda AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi.

    COVID-19 pandemiyasi Markaziy Osiyodagi millionlab muhojirlarning gumanitar va moliyaviy inqiroziga olib keldi, ularning aksariyati Markaziy Osiyo bo'ylab tranzit va o'tish joylarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

    Ish va chetdan yuborilayotgan pul mablag'larini yo'qotish oilalarni tegishli resusrslarsiz hamda huquqiy himoyasiz qoldirdi. Migrantlar, shuningdek, o'zlarini virusdan qanday himoya qilish to'g'risida ma'lumot va resusrlarga ega emaslar. USAID Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya loyihasi doirasida juda zarur bo'lgan yordamni taqdim etadi, shu jumladan axborot manbalari bilan taminlaydi. Asosiy xizmatlarga yo'llanmalar beradi, muqobil turmush tarzini qo'llab-quvvatlaydi, muhojirlarga ushbu qiyin vaziyatni engishda yordam berish uchun ko'nikmalar va treninglar o'tkazadi.