25 Apr 2025
16:22

    AQSh yordamisiz o'z xavfsizligini ta'minlashi uchun Yevropa Ittifoqiga 300 ming askar kerak bo'ladi – tadqiqot

    Yevropa Ittifoqi (YI) davlatlari AQShsiz o'z xavfsizligini ta'minlash uchun 300 000 ga yaqin askarni safarbar qilishlari kerak bo'ladi. Qo'shimcha mudofaa xarajatlari yiliga taxminan 250 milliard yevroni tashkil qiladi.

    Bu haqda Kil shahrida joylashgan Jahon iqtisodiyoti instituti (IfW) hisobotida aytiladi. U o'z tadqiqotini Bryusselda joylashgan Bruegel konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda olib bordi.

    Mualliflar, agar AQSh mudofaa masalalarida yevropaliklarni qo'llab-quvvatlashni to'xtatsa, YI qo'shimcha 50 ta brigada tuzishi, kamida 1400 ta yangi tank va 2000 ta zirhli transport vositasini sotib olishiga to'g'ri keladi. Bu Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Fransiya quruqlikdagi kuchlarining hozirgi zahiralaridan ko'pdir. Bundan tashqari, YI har yili 2000 ga yaqin uzoq masofali dron ishlab chiqarishga majbur bo'ladi.

    Qurol sotib olishni va yangi bo'linmalarni yaratishni moliyalashtirish uchun YI mamlakatlari mudofaa xarajatlarini yiliga YAIMning 3,5-4 foizigacha oshirishi kerak bo'ladi. Bu holda Germaniyaning harbiy byudjeti hozirgi 80 milliard evrodan 140 milliard yevrogacha oshadi, bu yalpi ichki mahsulotning 3,5 foiziga to'g'ri keladi.

    Yevropaliklar uchun asosiy muammo harbiy muvofiqlashtirish bo'lib qolmoqda. AQSh armiyasi birlashgan tuzilma bo'lsa-da, YI mamlakatlari qo'shinlarini nazorat qilish asosan davlatlarning o'z zimmasida qolmoqda, deb xabar beradi tass.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech