AQSHning Men shtatidagi Lyuiston shahrida nomaʼlum shaxs quroldan odamlarga qarata oʻt ochdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, kamida 22 kishi halok boʻlgan, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Shtatning ikkinchi yirik shahri aholisiga xavfsiz joylardan boshpana topish tavsiya etilgan.
Politsiya gumonlanuvchining suratini eʼlon qildi. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, voqealar "turli joylarda" sodir boʻlgan.
Oq uyning bildirishicha, prezident Jo Bayden voqeadan xabardor qilingan.
Men politsiyasi qurolli shaxs 40 yoshli Robert Kard ekanligini aniqladi.
Politsiya jinoyatchini izlashda davom etmoqda, uning qurolli va oʻta xavfli ekanligi haqida ogohlantirmoqda.