Yong'in tufayli samolyot Los-Anjeles aeroportiga favqulodda qo'nishga majbur bo'ldi.

Kadrlarda samolyot havoga ko'tarilayotganda uning chap dvigatelidan yong'in chiqa boshlaganini ko'rish mumkin. Hodisadan hech kim jabrlangani yo'q, yong'in uchish-qo'nish yo'lagida o't o'chiruvchilar tomonidan o'chirildi, deb xabar beradi rbc.ru.