Ulkan oyoq izlari bitta akrokantozavrga tegishli deb taxmin qilinadi. Oxirgi marta 2000-yilda ko‘rilgan izlar ko‘pincha suv ostida, hatto bir necha tuproq qatlamlari ostida ham topiladi. Texas Dinozavrlar vodiysi davlat bog‘i dunyodagi bunday yo‘llarning eng yaxshi saqlanib qolgan joylaridan biridir.
AQSH Qurg‘oqchilik monitoringi markazi maʼlumotlariga ko‘ra, bu yil Texasning deyarli barcha hududida kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. O‘tgan hafta shtatning 87 foizida ogohlantirish holatlari eʼlon qilindi.
Bu yoz odatdagidan ham quruqroq bo‘lgani uchun Texasdagi parkning o‘rtasidan oqib o‘tadigan daryo deyarli butunlay qurib qoldi. Dinozavr izlari aynan shu yerda ko‘rinib qolgan.