Alpha Grill bir daqiqada sakkizta gamburger tayyorlashga qodir va pishirish vaqtini 50% ga qisqartiradi.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, ularning “oshpaz”-roboti umumiy ovqatlanish sohasidagi odatiy ish jarayonlarini o'zgartirishi mumkin.

Alpha Grill ikki tomonlama panjara modullari bilan jihozlangan va keng ko'lamli jismoniy va konfiguratsiya variantlariga ega, bu esa restoran tomonidan taqdim etilgan retseptlarga amal qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, robot avtomatik tozalash funksiyasiga ega va bu orqali oshxona xodimlarining ish yukini kamaytiradi, deb xabar beradi korrespondent.net.