Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, havo shari ertalab shahar yaqinidagi cho'l hududiga qulagan. Havo sharida besh kishi bor edi. Halokatdan faqat bir kishi omon qolgan va kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning ahvolini og'ir deb baholamoqda.

Halokat sabablari hozircha noma'lum. Fojia joyiga Transport xavfsizligi milliy kengashi va AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.