2018-yildan ishga tushirilgan Summit kompyuteri hisoblash quvvati boʻyicha dunyoda ikkinchi qurilma hisoblanadi. Tadqiqot uchun ushbu mashinaga yetti kun kerak boʻldi. Shu vaqt oraligʻida taxminan 17 ming genetik namunalar ichidan 40 mingdan ziyod axborot oʻrganib chiqilgan. Summit kompyuteri ikki yarim milliardga yaqin kombinatsiyani oʻqib chiqqan, deb xabar beradi eLife.

Qoʻlga kiritilgan maʼlumot COVID-19ning tarqalishiga qon tomirning kengayib ketishi natijasida qon bosimi tushib ketishiga olib keladigan molekulalarning toʻfoni asosiy sabab ekan degan xulosaning keltirib chiqargan. Demak, kasallikni davolash uchun organizmda ushbu molekulalarning ortib ketishiga toʻsqinlik qiladigan dori vositalaridan foydalanish kerak ekan. Bunday dori vositalari juda keng tarqalgan.

Shu bilan birga mutaxassislar kompyuter tadqiqoti natijalarini yaxshilab tekshirish kerak degan fikrdalar.

Avvalroq Rossiya fanlar Akademiyasi muxbir-aʼzosi, inson morfologiyasi Ilmiy-tekshirish instituti ilmiy rahbari Lev Kakturskiy koronavirus infeksiyasining muhim jumboqlarini sanab oʻtgandi. Uning soʻzlariga qaraganda, bu kasallik gripp va SARSga qaraganda xavfliroq boʻlib, u oʻz qurbonini “yengadi”. Shuningdek olim COVID-19 ning oʻpkani boshqa infeksiyalarga qaraganda qattiqroq shikastlantirishini taʼkidlagan. Koronavirusda organning ikki tomonlama shamollashi kuzatilgan. Bu eng xavflisi, chunki bunda qon kislorod bilan taʼminlanmaydi va gaz almashinuvi blokirovka qilinishi tufayli oʻpkaga sunʼiy nafas berish ojizlik qiladi.

Kakturskiy COVID-19 ni test orqali aniqlab boʻlmasligi, uni faqat yorib koʻrib bilish kerakligini koʻplab marta takrorlagan. U shuningdek, kasallik odamlarni “tanlab” shikastlashi haligacha nomaʼlum ekanligiga eʼtibor qaratgan. Ekspert hamma gap immun tizimining hujayrasida degan taxminni ilgari surdi, deb yozadi NEWS.ru.