"Ob-havo bilan bog'liq hodisalarda kamida 23 kishi halok bo'ldi. Odamlar Oklaxoma, Kentukki, Missuri, Viskonsin, Kanzas, Nebraska, Ohayyo, N`yu-York, Kolorado va Michigan shtatlarida halok bo'ldi", - deyiladi telekanal xabarida.
Kamida 10ta shtatda kuzatilayotgan haroratning keskin pasayishi, qor yog'ishi, kuchli shamol, qor ko'plab avtohalokatlarga, elektr uzatish simlarining uzilishiga, parvozlarning kechikishiga olib keldi. Ohayyo shtatida tuman va yo'llar muzlashi oqibatida 50ta avtomobil` ishtirokida to'qnashuv sodir bo'ldi, 4 kishi halok bo'ldi.
Michigan shtatida 82 yoshli ayol qariyalar uyi oldida ko'chada muzlab qolgan holda topildi. Shanba kuni 2600 dan ortiq reyslar bekor qilindi. Deyarli 400 ming uy xo'jaliklari va korxonalar (1,6 mln kishi) elektr ta'minotisiz qolmoqda.