Amerika Qo'shma Shtatlarda so'nggi 25 yil ichida o'rtacha umr ko'rish rekord darajada pasaygan.
Mamlakat kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilda tug'ilgan chaqaloqlarning taxminan 76,4 yil umr ko'rishini kutilmoqda.
Bu 1996-yildan beri eng past ko'rsatkichdir. Masalan, 2019-yilda tug'ilgan amerikaliklarni o'rtacha umr ko'rish davomiyligi hozirda 78,8 yoshni tashkil etmoqda. Bu 2021-yil ko'rsatkichidan 2,4 yilga ko'pdir.
Ta'kidlanishicha, raqamlarning pasayishi AQShda kutilayotgan uzoq umr ko'rishning barqaror o'sishidan uzoqlashishni anglatadi.
Ushbu tendentsiya so'nggi 20 yil ichida rivojlanmoqda. Mamlakatda uzoq umr ko'rish davomiyligi qisqarishining asosiy sababi — bu «COVID-19» pandemiyasi ekan.
Bundan tashqari, mutaxassislar AQShda «giyohvandlik epidemiyasini» kuchayganiga e'tibor qaratgan.
Izohlanishicha, cheklovlar va turli klinikalar yopilishi tufayli ko'plab amerikaliklar zarur yordamga ega bo'lmagan.
Giyohvand moddalarga qaram bo'lganlarni hech kim to'xtatmagan, shuning uchun ular yana psixofaol moddalarni iste'mol qila boshlagan.