Oʻzbek dasturchi ayollari haqidagi mazkur material butun dunyodan isteʼdodli va iqtidorli yoshlarni kashf etish boʻyicha “The Generation Next” yangi loyihasi doirasida eʼlon qilindi.
Maqola Amerikaning “Super Dispatch” texnologiya kompaniyasida ishlayotgan oʻzbek dasturchi ayoli Durdona Bahronovaning muvaffaqiyatlariga bagʻishlangan.
“Dastlab men bu sohada ishlaydigan juda kam sonli ayollardan biri edim, - deydi Durdona Bahronova. - Agar ayollar oʻz hayotida duch keladigan mamalalarni hal qilishni istasa, birinchi navbatda, oʻziga oʻzi gʻamxoʻrlik qilishi, muammolar yechimini erkaklar ixtiyorida qoldirmasligi kerak... Dunyo aholisining yarmini ayollar tashkil qilishini esdan chiqarmaslik lozim”.
“Yosh dasturchi Amerikaning «Super Dispatch” texnologiya kompaniyasi bilan birgalikda oʻz oldiga koʻproq xotin-qizlar va yoshlarni axborot texnologiyalari olamiga qoʻshilishga ruhlantirish vazifasini qoʻygan», - deya qayd etadi SNN.









