AQShda to'liq robotlashtirilgan restoran ochiladi

    Kaliforniyada 2024-yil boshida to'liq robotlashtirilgan restoran ochiladi. Barcha ishlab chiqarish jarayonlari sun'iy intellekt tomonidan boshqariladi.

    Bunday restoran ochish g'oyasi Amerikaning uchta kompaniyasi – Cali Group, Miso Robotics va PopID. Cali Groupga tegishli.

    Restoran CaliExpress by Flippy deb nomlanadi va AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Pasadena shahri markazida joylashadi. Restoran an'anaviy amerikalik tez tayyorlanadigan taomlarni tayyorlashga ixtisoslashgan bo'ladi. Hozircha menyuda faqat uch turdagi burger, qovurilgan kartoshka va salat mavjud. Ularni tayyorlash uchun bir nechta to'liq robotlashtirilgan gril stansiyalari o'rnatiladi.

    Robot-oshpazlar jamoasi maxsus yozilgan dastur yordamida boshqariladi. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kiosklari yordamida buyurtma berish mumkin. Shunchaki PopID hisobini oldindan yaratish kerak. Buyurtma berishda kiosk tashrif buyuruvchilarga avvalgi tashriflari tarixiga asoslanib tavsiyalar beradi. Keyin mijoz ovqat tayyorlash jarayonini kuzatishi mumkin – buning uchun oshxona devorlari shaffof oynadan tayyorlanadi. Shunga qaramay, restoranda odamlar ham ishlaydi – xodimlar buyurtma qabul qilib, ularni tarqatadi, deb xabar beradi report.az.