AQShda vertolyot avtomobil yo'liga qulab tushdi, oqibatda uch kishi jarohat oldi

    AQShning Kaliforniya shtatida tibbiy vertolyot avtomobil` yo'liga qulab tushdi. CBS News telekanali xabariga ko'ra, uning bortida bo'lgan uch kishi jarohatlangan.

    Sakramento o't o'chirish boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, REACH tibbiy vertolyoti dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 19:00 atrofida halokatga uchragan.

    Voqea joyidan olingan CBS suratida vertolyotning yo'lda ag'darilib, bo'laklari sochilib ketganini ko'rish mumkin.

    Vertolyot bortida uch nafar ekipaj a'zosi: uchuvchi, hamshira va feldsher bo'lgan. Ularning barchasi og'ir jarohatlar bilan mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan. Vertolyotda bemorlar yo'q edi.

    Avtohalokatda avtomagistraldagi hech bir avtomobilga zarar yetmagan.

    Hozirda hodisaning aniq sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi korrespondent.net.