AQShda xavfli viruslarga chalingan laboratoriya maymunlari qochib ketdi

    AQShning Missisipi shtatida yuz bergan yo'l-transport hodisasidan so'ng Tuleyn universitetining virus bilan kasallangan makakalari qochib ketdi, deb xabar berdi AQSh politsiyasi.

    Maymunlarni tashiyotgan yuk mashinasi 159-avtomagistralning 117-mil belgisi yaqinida halokatga uchradi. Keyinchalik politsiya makakalar gepatit C, gerpes va COVID-19 tashuvchisi ekanligi haqida ogohlantirdi.

    Keyinchalik hayvonlarning bittasidan tashqari barchasi qo'lga olindi va yo'q qilindi. Uni qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi m24.ru.