AQShda yuk mashinasi maktab avtobusi bilan to'qnashib ketishi oqibatida uch kishi halok bo'ldi

    AQShda yuk mashinasi maktab o'quvchilarini olib ketayotgan avtobus bilan to'qnashib ketdi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo'ldi, 15 kishi jarohat oldi.

    Voqea Ogayo shtatida sodir bo'ldi. Yuk mashinasi oldinda ketayotgan maktab avtobusiga borib urilgan. Avtobus maktab o'quvchilarini olib ketayotgan edi.

    Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko'ra, avtobusda 57 kishi bo'lgan. Hozirda mutaxassislar barcha holatlar va hodisa sabablariga oydinlik kiritmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.