AQSHda yuz bergan chang bo'roni tufayli olti kishi halok bo'ldi

    AQSHning Illinoys shtatida bo'ron fermerlar dalalariga chang bulutlarini ko'tardi. Oqibatda o'nlab avtohalokatlar yuz berib, kamida olti kishi halok bo'ldi. Bu haqda 2-may kuni Associated Press agentligi xabar berdi.

    Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, 40 dan 60 tagacha avtomobil va bir nechta yuk mashinalari ishtirokida yo'l transport hodisalari yuz berdi, ulardan ikkitasi yonib ketdi.

    “Kamida olti kishi halok bo'ldi, hammasi shimoliy yo'lda, 30 dan ortiq kishi jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi”, – dedi politsiya.

    Baxtsiz hodisalarga kuchli shamol qishloq xo'jaligi yerlaridan chang ko'chirishi va ko'rish imkoniyatini nolga tushirishi sabab bo'ldi.

    Milliy ob-havo xizmati ma'lumotlariga ko'ra, bo'ron paytida shamol tezligi soatiga 56 dan 74 kilometrgacha yetdi, deb xabar beradi korrespondent.net.