Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, plastik jarrohlar tug‘ma yuz-jag‘ nuqsonlari, lab va tanglay yoriklari, kuyishdan keyingi chandiqlar va deformatsiyalar, qo‘l-oyoqlardagi tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar, shuningdek, teri va yumshoq to‘qimalardagi murakkab holatlarni ko‘rib chiqadi.
Umumiy jarrohlar esa churra, kindik va chov churralari, tug‘ma jarrohlik nuqsonlari, qorin bo‘shlig‘i va yumshoq to‘qimalar kasalliklari hamda operatsiya talab qilishi mumkin bo‘lgan boshqa murakkab holatlarni tekshiradi.
Ko‘rik davomida jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji bo‘lgan bolalar saralab olinadi. Zarur davolash va operatsiyalar turkiyalik mutaxassislarning keyingi tashriflari doirasida amalga oshiriladi.
Tibbiy ko‘rik, davolash va zarur jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplanadi.
Barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.