Hodisa oqibatida 2000 nafarga yaqin odamni xavfsiz joyga ko'chirishga to'g'ri keldi.

Voqea joyiga yetib kelgan o't o'chiruvchilar zavod hududida “noma'lum turdagi plastmassa” ortilgan tirkama alanga ichida qolganini aniqladi. Keyinchalik yong'in yaqin atrofdagi binoga tarqagan.

Shtat yong'in xavfsizligi boshlig'i Stiv Jons brifingda aytganidek, yong'in yuz bergan joydagi quyuq qora tutun “albatta zaharli”.

“Plastik yonganda ajralib chiqadigan juda ko'p kimyoviy moddalar bor va bu tashvish uyg'otadi”, dedi u va yong'inni o'chirish uchun bir necha kun kerak bo'lishi mumkinligini qo'shimcha qildi.

Yong'in sabablari hozircha aytilmagan.

Rasmiylar yong'in sodir bo'lgan joydan yarim milya (0,8 km) masofada aholi evakuatsiya qilinishini e'lon qildi, ammo shamol yo'nalishi o'zgarsa, topshiriq o'zgarishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.