Bu haqda payshanba kuni shtat jamoat xavfsizligi departamenti vakili Mitch Mortvedt ma'lum qildi. Uning aytishicha, otishmani sodir etgan shaxs o'z joniga qasd qilgan.
“Jami olti kishi jabrlandi, ulardan biri hayotdan ko'z yumdi, u Perridagi maktabning 6-sinf o'quvchisidir”, dedi Mortvedt AQSh televideniesi orqali efirga uzatilgan matbuot anjumanida.
Mortvedtning so'zlariga ko'ra, jarohatlanganlarning bir nafari ta'lim muassasasining xodimi, qolganlar esa maktab o'quvchilari bo'lgan. Yaradorlardan birining ahvoli o'ta og'ir deb baholanmoqda, deb xabar beradi tass.ru.